O‘zbekiston OTMi dunyoning eng yaxshi universitetlari qatoriga kirdi

eʼlon qilindi

QS World University Rankings reytingi

«Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot instituti Britaniyaning Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan tuzilgan QS World University Rankings reytingiga kiritildi.

Reyting besh guruhga bo‘lingan: «San’at va gumanitar fanlar», «Muhandislik va texnologiya», «Hayot fanlari va tibbiyot», «Tabiiy fanlar», «Ijtimoiy fanlar va menejment».

Toshkent universiteti «Muhandislik va texnologiya» yo‘nalishi bo‘yicha 500 ta eng yaxshi ta’lim muassasasi qatoriga kirdi va «Tabiiy fanlar» bo‘limida ham qayd etildi.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti suv xo‘jaligini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Ta’lim muassasasi 1923 yildan buyon o’z tarixini yozib kelmoqda. Hozirda universitetda yetti fakultetda talabalar tayyorlanmoqda.

Quacquarelli Symonds — butun dunyo oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini tahlil qilishga ixtisoslashgan Britaniya kompaniyasi.

Shuningdek