Yangiliklar

Xitoy TikTokning majburiy sotilishiga qarshi

Mamlakat rasmiylarining roziligisiz bitim amalga oshirilmaydi.

Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) hukumati TikTok qisqa videoxizmati o‘zining bosh kompaniyasi ByteDancedan olib qo’yilishiga keskin qarshilik bildiradi, xabar berdi The Wall Street Journal.

TikTokning xitoylik egalari tomonidan majburiy sotilishi bu xizmat Xitoy davlat tashviqotini tarqatishda gumon qilinayotgan Amerika Qo’shma Shtatlarida (AQSh) resursni blokirovka qilishning oldini olish usullaridan biri sifatida qaralmoqda.

Xitoy Savdo vazirligi matbuot kotibi Shu Tsuetinning aytishicha, TikTok savdosi mamlakat rasmiylari tomonidan texnologiya eksporti sifatida baholanadi. Xitoy qonunchiligiga muvofiq bunday bitimlar Xitoy hukumati tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Rasmiy, shuningdek, TikTokni majburan sotish investorlarning AQSh hukumatiga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazishini ta’kidladi.

TikTok – bu Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli bo’lgan qisqa video yaratish va ko’rish xizmati. Ilovadan 150 ta davlatdan 1 milliarddan ortiq kishi foydalanadi.

ByteDance – bu TikTok, BaBe va Toutiao yangiliklar agregatorlari va Helo ijtimoiy tarmog’iga egalik qiluvchi Xitoyning xususiy internet kompaniyasi. 2012-yilda tashkil etilgan kompaniya o’z profili bo’yicha Xitoydagi eng yirik beshlikdan biridir.

Avvalroq AQShda TikTok’ni taqiqlash borasida tegishli qonun loyihasi tayyorlangandi. Mamlakat ushbu xizmatdan Xitoy tashviqoti maqsadlarida foydalanish mumkin, deb hisoblaydi.

Bloomberg hozirgi vaziyat tufayli TikTokning hozirgi egalari tomonidan sotilishi mumkinligi haqida xabar berdi.