Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo davlatlariga qarshi sanksiyalar joriy qilishi mumkin

eʼlon qilindi

Bryussel mintaqa Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o’tishga yordam beradi, deb hisoblaydi

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo davlatlariga qarshi sanksiyalar qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bryussel Yevropaning mintaqaga eksporti o‘sishi Rossiya urush mashinasini kuchaytirmoqda degan xavotir mavjud, deb yozadi The Telegraph.

Agar ular taqiqlangan tovarlarni Rossiyaga reeksport qilganliklari haqida dalillar aniqlansa, istalgan davlat, korxona yoki jismoniy shaxslarning Yevropa yagona bozoriga kirishini cheklash rejalashtirilmoqda. «Biz uchinchi mamlakatlardagi jismoniy va yuridik shaxslarga kuchli signal yuborishimiz kerak», — deya maxfiy hujjatdan iqtibos keltirgan Britaniya nashri.

Bryussel cheklovlar kiritishdan avval Markaziy Osiyo davlatlari bilan muzokaralar olib borish va ularni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlardan ogohlantirish niyatida. Bugungi kunda Yevropa Ittifoqidan eksport qilinadigan tovarlarning asosiy qismi Litva bilan quruqlik chegarasi orqali Belarusga jo‘natiladi, so‘ngra Markaziy Osiyoga reeksport qilinadi. Rasmiylarning qayd etishicha, asosan kir yuvish mashinalari, eski mashinalar va kameralar Yevropa Ittifoqidan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonga yetkazib berilmoqda.

Kelajakda ulardagi yarimo’tkazgichlar rus armiyasining zirhli transport vositalari yoki dronlarini ta’mirlash uchun ishlatilishi mumkin.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Euromonitorda savdo anomaliyalari qayd etilgan edi. O’tgan yilning mart-noyabr oylarida ular Yevropa Ittifoqidan MDH mamlakatlariga mahsulot yetkazib berish keskin o’sishini qayd etdi – 48 foizga, 20,3 milliard yevrogacha. Yevropadan Hamdoʻstlik davlatlariga smartfonlardan tortib kerosingacha turli tovarlar olib kelingan.

Yevropa Ittifoqidan Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekistonga oʻtgan yilning noyabr oyida sanktsiyalangan tovarlarning umumiy eksporti 1,5 milliard yevroga yaqinlashgan boʻlsa, 2021 yilda bu koʻrsatkich 500 million yevroni tashkil qilgan.

Shuningdek