O‘zbekistonda dollar kursi pasayishda davom etmoqda

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari

Markaziy bank valyuta kursini 11 391,94 so‘m etib belgiladi

O‘zbekistonda 28 mart kuni dollar kursi yana pasaydi. Valyuta birjasidagi o’rtacha hisoblangan kurs 13,54 so’mga pasaydi va 11 391,94 so’mni tashkil etdi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ham shu kursni belgiladi.

Respublika banklari ayirboshlash shoxobchalarida bir dollarni 11 350 so‘mdan taklif qilmoqda. Eng manfaatli kurs 11 380 so‘m. Ular Amerika valyutasini 11 420 – 11 465 so‘mdan sotmoqda.

Valyuta birjasidagi fyucherslar 28 mart kuni tuzatildi. Aprel oyidagi shartnomalar 11 467,71 so‘mga (-16,15), may oyidagi shartnomalar 11 537,88 so‘mga (-16,21) va iyun oyidagi shartnomalar 11 607,54 so‘mga (-16,27) tushdi.

Shuningdek