Franklin Templeton investitsiya kompaniyasi Toshkentda ofis ochadi

eʼlon qilindi

Davlat korxonalari transformasiyasiga yordam beradi

Singapurning Franklin Templeton investitsiya kompaniyasi aprel oyi oxirigacha Toshkentda ofisini ochadi. Tashkilot milliy investitsiya fondini yaratishga ham hissa qo‘shadi.

Bu haqda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Franklin Templton kompaniyasining investitsiyalar bo‘yicha bosh direktori Manraj Sekxon o‘rtasidagi uchrashuvda kelishuvga erishildi.

Franklin Templeton O‘zbekistondagi davlat korxonalarini o‘zgartirish va qayta qurishda yordam berish uchun mutaxassislarni yuboradi.

Shuningdek, tomonlar «Toshkent» Respublika fond birjasida tashkil etilayotgan investitsiya fondi aktsiyalarini joylashtirishga kelishib oldilar. Bu qadam AQSh, Yevropa Ittifoqi va boshqa mamlakatlardan yirik investorlarni jalb qilishda birinchi qadam bo‘ladi.

Franklin Templeton – 1947 yilda Nyu-Yorkda Rupert Jons tomonidan asos solingan global investitsiya kompaniyasi. U korxonalarning aktivlari va kapitalini boshqarishga ixtisoslashgan. AQShdan tashqari kompaniyaning Belgiya, Singapur, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda mintaqaviy vakolatxonalari mavjud.

Shuningdek