Saudiya Arabistoni ShHT dialog hamkoriga aylandi

eʼlon qilindi

Mamlakat Vazirlar Mahkamasi tegishli memorandumni tasdiqladi

Saudiya Arabistoni Vazirlar Mahkamasi davlatning Shanxay Hamkorlik Tashkilotining (ShHT) muloqot boʻyicha hamkori maqomini tasdiqladi, xabar qildi mahalliy axborot agentligi.

«Vazirlar mahkamasi quyidagi qarorlarni qabul qildi: (…) Saudiya Arabistoni Qirolligiga Shanxay hamkorlik tashkilotining muloqot bo‘yicha hamkori maqomini berish to‘g‘risidagi memorandumni tasdiqlash to‘g‘risida», — deyiladi xabarda.

Vazirlar mahkamasi yig‘ilishiga Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Al Saud raislik qildi.

ShHT yigirmaga yaqin shartnomaviy sheriklarni o’z ichiga olgan xalqaro tashkilotdir. Ular orasida O‘zbekiston ham bor. Bir qator davlatlar ushbu maqomni olish jarayonida. Yana bir qancha davlatlar kuzatuvchi hisoblanadi.

ShHT harbiy blok emas. Tashkilotning asosiy vazifalari: barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish, iqtisodiy hamkorlik va energetika sohasida hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirish.

2022 yil sentabr oyida Samarqandda ShHT sammiti bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida yana olti nafar muloqot bo‘yicha hamkorni tashkilotga qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, ulardan to‘rt nafari arab davlatlari.

Shuningdek