Tramp jinoiy javobgarlikka tortilgan AQShning birinchi sobiq prezidentiga aylandi

eʼlon qilindi

Sobiq davlat rahbari aybsizligini da’vo qilmoqda

Amerika Qo’shma Shtatlarining (AQSh) sobiq prezidenti Donald Tramp 2016 yilgi saylovlar oldidan porno yulduz Stormi Denielsga to’lov qilganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi. Nyu-Yorkdagi hakamlar hay’ati Trampga nisbatan bunday ayblovlar qo’yish qaroriga ovoz berdi, xabar berdi Reuters.

Shu tariqa Tramp mamlakatning jinoiy tergovga ro’baro’ kelgan birinchi sobiq prezidentiga aylandi. Nashrning qayd etishicha, hozirgi ayblovlar Tramp 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘yishga intilayotgani bilan bog‘liq.

«Bu tarixdagi eng yuqori darajadagi siyosiy ta’qib va ​​saylovlarga aralashish», dedi Tramp o’ziga qarshi ayblovlar haqidagi bayonotida. Uning qo‘shimcha qilishicha, u «butunlay aybsiz».

Ayblovlar tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan. Buni sud’ya yaqin kunlarda amalga oshirishi mumkin. Nashrning yozishicha, kelasi hafta Tramp barmoq izlarini olish uchun chaqiriladi.

Reuters respublikachilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov ma’lumotlariga tayanib: respondentlarning 44 foizi Tramp agar ayblansa, poygadan chiqishi kerakligini aytdi. Biroq, nomzodning o’zi buni qilmoqchi emas.

Stormi Daniels ularning munosabatlari haqida sukut saqlash evaziga Trampdan pul olganini bayonladi.

Shuningdek