AQShda shakar narxi OPEK+ neft ishlab chiqarishni qisqartirish qarori tufayli ko’tarildi

eʼlon qilindi

Mahsulot narxi olti yillik eng yuqori ko’rsatkichga yetdi

Amerika Qo’shma Shtatlarida (AQSh) xom shakarning narxi bir funt uchun 22,4 dollarga yetdi. Bu so‘nggi olti yildagi maksimal ko‘rsatkich, yozadi Trading Economics.

Shakar narxining oshishi bir necha sabablarga ega:

  • Birinchidan, mahsulotning asosiy ishlab chiqaruvchilari uni ishlab chiqarishni qisqartirish haqida e’lon qilishdi.
  • Ikkinchidan, OPEK+ davlatlarining neft qazib olishni qisqartirish to‘g‘risidagi qarori tufayli dunyo bioyoqilg‘iga talabning oshishini kutmoqda.

Shakar qamish bioyoqilg’i ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yaqin kelajakda uning ishlab chiqaruvchilari ushbu mahsulotni bioyoqilg’i ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga sotadilar.

Kursiv yozganidek, jahon shakar narxlari fevral oyining boshida rekordlarni yangilashni boshladi. Neft qazib olish bilan bog’liq mavjud vaziyat bu tendentsiyani yanada kuchaytiradi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmini kuniga 500 ming barrelga qisqartirishini ma`lum qilgandi. Xuddi shunday qaror Quvayt, Ummon, Birlashgan Arab Amirliklari, Iroq tomonidan ham qabul qilindi. Qozog‘iston ishlab chiqarishni kuniga 78 ming barrelga qisqartiradi.

Shuningdek