Erdo‘g‘an Mirziyoyevga turk elektromobilini sovg‘a qiladi

eʼlon qilindi

Uning narxi 52,7 ming dollarga baholanmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Togg T10X elektromobiliga ega bo’ladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an aytdi.

Yangi turk elektromobillarining birinchi egalari Erdo‘g‘anning o‘zi va uning rafiqasi bo‘lgan. Avtomobilni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ham oladi.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Togg Turkiyaning texnologik va iqtisodiy rivojlanishining ramzi hisoblanadi. Mamlakat prezidenti avtomobil birinchi marta barcha xavfsizlik sinovlaridan o‘tganini qo‘shimcha qildi.

«Umid qilamanki, biz undan xizmat mashinasi sifatida foydalanamiz», dedi Turkiya rahbari.

Toggning birinchi prototipi 2019 yilda taqdim etilgan. Elektrokarning narxi 52,7 ming dollarni tashkil qiladi. Togg uchun oldindan buyurtmalar soni 177,6 mingtaga yetdi. Joriy yil oxiriga qadar ishlab chiqaruvchi mijozlarga 20 mingga yaqin avtomobil yetkazib berishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek