Erdo‘g‘an: BMT Xavfsizlik Kengashi islohotlarga muhtoj

eʼlon qilindi

O’zi sanagan islohotlarni u dolzarb deb ta’rifladi

Turkiya prezidenti Rejeb Tayyip Erdo‘g‘an BMT Xavfsizlik Kengashiga islohotlar kerak, chunki tashkilot insoniyat taqdirini hal qila olmayotganini ta’kidladi.

«Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi zudlik bilan va keng qamrovli islohotga muhtoj, chunki u insoniyat taqdirini hal qilishga qodir emas», dedi Turkiya rahbari xorijiy elchilar uchun uyushtirilgan iftorlik chogʻida.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning amaldagi rahbari BMT ishiga o‘zgartirishlar kiritish zarurligi haqida bir necha bor gapirib, «dunyo beshdan ortiq» ekanini ta’kidlagan. Bu bilan Erdo‘g‘an Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosini (Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh va Fransiya) o‘z ichiga olgan Xavfsizlik kengashini nazarda tutgandi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham BMTni o’zgartirish tarafdori. U aʼzo davlatlarni salohiyatni oshirish ishlariga tayyorlanishga chaqirdi. Yakuniy maqsad «BMT 2.0»ga o’zgarish bo’ladi.

Guterrish, shuningdek, «BMT 2.0» ko‘rinishi bo‘yicha tahliliy eslatma tayyorlashga va’da berdi. U raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar, prognozlash va xulq-atvor fanlari bo’yicha takliflarni o’z ichiga oladi.

Shuningdek