Tramp hibsga olingan kunini tarixdagi eng yaxshi kun deb atadi

eʼlon qilindi

U o’z reytingini oshirdi va saylov kampaniyasi uchun 10 million dollar yig’di

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp hibsga olinib, 34 ta ayblov bilan sudga tortilgan kun «aql bovar qilmaydigan tajriba» va «tarixdagi eng yaxshi kun» bo‘lganini aytdi.

«Truth Social» akkauntida Tramp «hech qanday sababsiz hibsga olingan» seshanba kuni «asossiz ayblov qoʻyilgan kishi uchun tarixdagi eng yaxshi kun» boʻlganini yozdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uning reytingi hech qachon bunchalik yuqori bo‘lmagan, saylovoldi kampaniyasi uchun ajratilgan xayriya miqdori esa shu kunlarda 10 million dollarga yetgan.

Ijtimoiy so‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, Tramp hozirda 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida respublikachilardan eng mashhur nomzod. Ikki hafta ichida uning reytingi 10 pog’ona o’sdi.

Donald Tramp ikki kun avval hibsga olingan va Nyu-Yorkdagi Manxetten sudiga olib ketilgan. U porno aktrisa Stormi Danielsga ularning aloqasi haqida sukut saqlash uchun kampaniya fondidan 130 ming dollar to’laganlikda ayblanmoqda.

Shuningdek