Antarktida dengiz muzlarini rekord darajadagi past ko’rsatkichi qayd etildi

eʼlon qilindi

2023 yilda bu ko‘rsatkich 44 yillik rekordni yangiladi

Yozgi mavsum natijalariga ko’ra (dekabr – fevral) ketma-ket ikkinchi yil Janubiy okeanda minimal muz qoplami qayd etilgan – 2023 yilda bu ko’rsatkich 44 yillik rekordni yangiladi. Bu haqda Arktika va Antarktika tadqiqot institutining (AATI) Muzlik va gidrometeorologiya axborot markazi (MGAM) xabar berdi.

Odatda yoz mavsumida Antarktida atrofidagi muz maydoni 3 million kvadrat kmgacha kamayadi. Biroq, bu yil maydon 1,8 million kvadrat kmni tashkil etdi. Natijada, Janubiy okeanda ulkan muzsiz hududlarni hosil qiladi.

Erishning asosiy sababi shimoldagi iliq subtropik suvni janubdagi sovuq suvdan ko’chiruvchi G’arbiy shamollarning oqimi bo’ldi.

Shuningdek