Xitoy Yevropa va Osiyoni bog‘lash uchun suv osti internet kabel tarmog‘ini tortadi

eʼlon qilindi

Loyiha AQSh bilan «texnologik urush»ning navbatdagi bosqichini ko‘rsatadi

Xitoyning asosiy telekommunikatsiya kompaniyalari suv osti internet kabellari tarmog’ini yotqizish uchun 500 million dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda, xabar beradi Reuters.

China Telecom, China Unicom va China Mobile Limited kompaniyalari Gonkong, Xitoyning Xaynan oroli, Singapur, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Misr va Fransiyani internet kabellari bilan ulashmoqchi. Loyiha Amerika Qo’shma Shtatlaridagi (AQSh) hamkasbi bilan raqobatlashadi.

Xitoy loyihasi uchun kabel HMN Technologies (sobiq Huawei Marine) tomonidan ishlab chiqariladi. U davlat subsidiyalarini oladi.

Nashr manbalarga tayanmoqda. Ushbu ma’lumot tilga olingan kompaniyalar yoki Xitoy rasmiylari tomonidan rasman tasdiqlanmagan.

Reuters jurnalistlari ushbu loyihaning amalga oshirilishi Xitoy va AQSh o’rtasidagi «texnologik urush» bosqichi bo’ladi, degan fikrni bildirishdi. So’nggi yillarda mamlakatlar o’rtasidagi texnologiya sohasidagi munosabatlar keskinlashdi.

Suv osti internet kabellari xalqaro trafikning 95% dan ortig’ini tashkil qiladi.

Shuningdek