Afg‘onistonda 24 soat ichida uchta zilzila sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi

Eng kuchli magnituda 4,4 ni tashkil etdi

O‘tgan sutka davomida Afg‘onistonda 3,7 dan 4,4 ballgacha bo‘lgan ketma-ket zilzilalar qayd etildi, xabar qildi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Dushanbaga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan 01:37 da Afg‘oniston aholisi 3,7 magnitudali yer silkinishini his qildi. Uning epitsentri O‘zbekiston poytaxtidan 521 km uzoqlikda joylashgan.

Yakshanba kuni mamlakatda yana ikkita zilzila qayd etildi. Birinchisi – 4,4 magnitudali – 12:14 da sodir bo’lgan. Ikkinchisi – 3,8 magnitudali – 16:11 da qayd etilgan. Zilzila epimarkazlari Toshkentdan 533-543 km uzoqlikda joylashgan.

O‘zbekistonda oxirgi marta 3 aprel kuni zilzila sodir bo‘lib, Buxoro viloyatida qayd etilgan.

Shuningdek