Toshkentda jamoat transportida yo‘l haqini shaxs yuzi bilan to‘lash mumkin bo‘ladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri

2023 yil oxiridan boshlab ATTO «Toshkent Metropolitan» YUK bilan birgalikda jamoat transportida FacePay texnologiyasini joriy etishni rejalashtirmoqda.

Hozirda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha texnik ishlar olib borilmoqda.

Tizim 2023-yil oxirida ishga tushiriladi. Yo’lovchilar yuzlarini skanerlashi va transport yoki bank kartasi ma’lumotlari bilan birga ma’lumotlar bazasiga kiritishi kerak bo’ladi.

Kelajakda yo’l haqini validatorga qarab to‘lash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, kelgusi yilda naqd pulsiz to‘lovni amalga oshiruvchi yangi transport turlari qatorida Toshkent-Hojikent yo‘nalishida shaharlararo avtobuslar va shahar atrofi elektr poyezdlari paydo bo‘ladi.

Yo‘lovchilar chiptalarni ATTO ilovasi orqali sotib olishlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek