Alibaba o’zining «ChatGPT» ni taqdim etdi

eʼlon qilindi

Yaqin kelajakda tizim Alibaba ekotizimining barcha ilovalarida joriy etiladi.

Alibaba Cloud kompaniyasi ikki tilda: ingliz va xitoy tillarida o‘qitiladigan ChatGPT botning analogi — Tongyi Qianwen dasturini taqdim etdi.

Manbaga ko‘ra, yaqin kelajakda sun’iy intellektga asoslangan tizim Alibaba ekotizimining barcha biznes ilovalarida joriy etiladi.

Til modeli foydalanuvchilarga ovozli yordam, onlayn savdo va qidiruv kabi turli sohalarda moslashtirilgan yechimlarni yaratish va foydalanuvchi tajribasini yaxshilashga yordam beradi.

«Biz generativ AI va bulutli hisoblashlar tomonidan boshqariladigan texnologik suv havzasida turibmiz.

Barcha sohalardagi kompaniyalar bir qadam oldinda bo‘lish uchun intellektual o‘zgarishlar safariga otlanmoqda», — dedi Alibaba bosh direktori Daniel Chjan.

Shuningdek