Qozog’iston va O’zbekistonda ayollar IT ni qanday rivojlantirishmoqda
Axborot texnologiyalari sohasida gender tenglikka nima halaqit beryapti
Xorijiy tadqiqotlarga ko’ra gender tenglik bilan bog’liq vaziyat mukammal emas. Butun jahon banki ma’lumotlariga ko’ra, bugungi kunda 2.4 milliard ayollar erkaklar bilan tenglikda iqtisodiy huquqlardan mahrum. Muammoni hal qilish uchun esa 130 yildan ortiq muddat kerak.
Shutterstock
Bu yo’nalishda Qozog’iston va O’zbekistonda siljish bormi? Ushbu savolga javob berish uchun Kursiv dunyo tashkilotlari hisobotlarini tahlil qilib, odatda «erkaklarniki» hisoblangan axborot texnologiyalari (IT) sohasidagi ekspertlar bilan suhbatda bo’ldi.
JB: O’zbekiston pozitsiyalari barqaror
Martning boshida Butunjahon banki «Ayollar,biznes va qonun 2022» hisobotini e’lon qildi. Unda keltirilishicha dunyoning 178 mamlakatida ayollarning iqtisodiy hayotiga to’sqinlik qiluvchi huquqiy to’siqlar mavjud ekan. Ishlashni ta’qiqlovchi qonunlar 86 ta davlatda amal qiladi.
Tadqiqotlar oxirgi yillarda Markaziy Osiyoda gender tenglikni ta’minlash masalasida amalga oshirilgan rivojlanishni e’tirof etdi. Biroq ayollarga mehnat haqini to’lash va nafaqa bilan ta’minlashda hali hamon muammolar kuzatilyapti.
«Ayollar, biznes va qonun 2022» reytingida O’zbekiston 70.6 ni, Qozog’iston esa 69.4 ni to’pladi. Eng yuqori ko’rsatkichni esa (100 ball) Belgiya, Daniya, Fransiya, Kanada, Irlandiya, Latviya kabi mamlakatlar qayd etishdi.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston bu reytingda 2022-yildan buyon o’z natijasini o’zgartirmadi. Biroq hukumat uchun bu g’ururlanish uchun emas aksincha bezovtalik uchun sabab, chunki prezident farmoniga muvofiq mamlakat 88.1 ballni to’plashga intilmoqda.
GGG: Qozog’istonda rahbar lavozimida ayollar ko’pchilikni tashkil etmoqda.
BB tadqiqotlaridan tashqari butunjahon tan olgan ayollar gender tengligi muammosiga bag’ishlangan Global Gender Gap (GGG) hisoboti mavjud.
Uning eng yangi tahririda tasdiqlanishicha Markaziy Osiyoda gender ajralish oxirgi yilda o’zgarish qayd etmadi, hozirda u taxminan 69% ni tashkil etadi. Bu dunyo miqyosida olib qaraganda 1%ga ko’p.
Farq umuman olganda uncha katta emas, biroq planetada ayollar va erkaklar o’rtasidagi huquqiy tenglikdagi jarlik likvidatsiyasiga 132 yil kerak bo’lsa, hududdagi davlatlar uchun 151 yil talab qilinadi.
Nisbatan muvffaqaiyatli gender ajralishni Moldova, Belorussiya va Gruziya yopdi. Juda kamtarin natijani Ozarbayjon, Tojikiston va Turkiya qayd etdi.
Dunyo mamlakatlari umumiy reytingida Qozog’iston 65-o’rinni band qiladi. Tadqiqotchilar davlat muvaffaqaiyatini ayollarning rahbarlik lavozimini egallash ulushiga hamda ta’limga bo’lgan imkoniyatidan kelib chiqib baholaydi.
O’zbekistondagi holat tahlili yuzasidan hisobotda keltirilmaydi.
Qozog’iston: IT sohasida ayollarning maoshi erkaklarnikidan kam
Qozog’istonda TexnoWoman notijoriy korporatsiyasi faoliyat olib borayotgan bo’lib texnologik sanoatdagi ayol-qizlarni birlashtiradi.
O’z faoliyati maqsadlarini tashkilot tengsizlikning barcha turlarini likvidlash hamda raqamli olamda ayollarga yangi imkoniyatlarni ochish deb ataydi.
Asem Nurgaliyeva
Kursivga Techno Women taasischilaridan biri, AO «Kazpochta» boshqaruv bo’yicha direktori Asem Nurgaliyevaning aytishicha respublikada 31% IT ishchilari bu ayollardir. Ularni asosan 20 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan ayollar tashkil etadi.
«IT dasturchilarning oylik maoshlari erkaklarnikiga qaraganda ozdir. 2022- yilda ayollarning o’rtacha maoshi 409 ming tenge (911 $)ni tashkil etgan, bu esa IT sohasidagi erkak hodimlarnikidan 36% kam»,- deydi Nurgaliyeva
Uning qo’shimcha qilishicha, oxirgi yillarda bu farq yanada kattalashdi: 2019- yilda bu ko’rsatkich 28% edi.
Hamsuhbatimiz bu holatni nafaqat ayollarning yosh jihatdan kichikligini balki rahbarlik lavozimida Qozog’iston IT sanoatida yuqori lavozimlarni hali ham erkaklarning ko’pligi bilan bog’liq deb hisoblaydi.
Asem Nurgaliyeva shuni ta’kidladiki, Qozog’istonda IT da ayollarning o’rni mustahkamlashishiga hukumat katta e’tibor qaratyapti.
«Ayollar startapini qo’llab quvvatlash maqsadida turli xil hakatonlar va IT batllar o’tkazilyapti»,-deydi u.
Techno Women ta’sischisi xalqaro IT texnopark Astana Hub tomonidan tashkillashtirayotgan ta’lim grantlarini alohida ajratib ko’rsatdi.
Mamlakatda Techno Womendan tashqari yana bir qator IT yo’nalishida rivojlanish va qo’llab quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar faoliyat olib bormoqda deb qo’shimcha qiladi Nurgaliyeva.
O’zbekiston: Ayolga ayol kerak
O’zbeskistonda IT sohasida Qozog’istondagiga qaraganda kam ayollar faoliyat olib boradi va 2019 –yil ma’lumotlariga ko’ra 19% ni tashkil etadi. Bu haqida Kursivga O’zbekiston raqamli texnologiyalar vazirligi maslahatchisi Kamola Sobirova aytib berdi. U o’z navbatida GAP nomli ayollar IT klubi rahbari ham hisoblanadi.
Kamola Sobirova
«Bizning qizlarimiz IT ning turli xil yo’nalishlarida: agrar sektoridan tortib tibbiyot sektorigacha faoliyat olib borishadi. Bundan tashqari sun’iy intellekt borasida ham bir nechta loyihalarimiz bor».- deydi Kamola Sobirova.
Kursiv suhbatdoshi O’zbekistonda ayollarning kasbida o’zini namoyon qilishda duch keladigan to’siqlar mental harakterga ega ekanligini e’tiborga oldi.
«Ayollarga juda kichik yoshidan Konstitutsiyada erkaklar bilan teng haq huquqlarga ega bo’lsada, hayotda eng birinchi o’rinda turmushga chiqish kerakligi uqtiriladi».
Uning so’zlariga ko’ra hatto O’zbekistonda yashovchi bolalikdan o’rnatilgan tartiblarni yengib o’ta olgan qizlar turmush o’rtog’i tomonidan tushunmovchiliklarga duch kelib qolishmoqda. «Ayollarni rivojlanishga motivatsiya qilsang, negadir erkaklar qo’rqishni boshlashadi».
Kamola Sobirova yoritish masalalarini nafaqat ayollar orasida balki erkaklar orasida ham muhimligini ta’kidlaydi. Bunga bolalikdan tarbiya orqali singdirilgan komplekslarni ikki jins vakillarining ham muvaffaqiyatli vakillarini yoritishni ommalashtirish orqali erishish mumkin.
Albatta O’zbekistondagi urf-odatlar hamda madaniyatni unutmaslik lozim. Ayollar huquqlarini oshirishda milliy o’ziga xosliklarni unutmagan holda amalga oshirish kerak.
Buni motivatsion jamiyat tashkil etish yo’li bilan qilish mumkin. O’zbekistonda esa buni GAP kasb qilgan .
«Biz loyihaning nomi xususida juda uzoq o’yladik va shunda to’xtadik, mening fikrimcha bu eng omadli variant edi, -deydi Kamola Sobirova. – Bir tarafdan, gap o’zbek tilida gapirish, gap degan ma’nolarni anglatadi. Boshqa tarafdan, ingliz tilida ajralish, bo’shliq, ortda qolish». Bu so’z yordamida bizga tanish Gender gap ( gender ajralish) .Ya’ni o’zbek tilidagi «gap boshlaymiz» gapini, «Gender ajralish haqida gapni boshlaymiz» deb tarjima qilsa bo’ladi.
Kursiv suhbatdoshining qo’shimcha qilishicha, GAP loyihasi paydo bo’lishidan avval ham O’zbekistonda bir qator ayollarga o’zini kasbida namoyon qilishga ko’mak beruvchi loyihalar: IT-Women, TechBika,TumarisTech kabilar mavjud edi.
Masalan, IT-Women loyihasida 2021 dan 2022 – yilgacha bo’lgan oraliqda kompyuter savodxonligi va tadbirkorlik bo’yicha 4.4 mingdan ortiq 12 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan ayollar ta’lim olib chiqishdi.
Digital Internship nomli qisqa qisqa muddatli amaliyotni 50 dan ortiq ayollar o’tagan bo’lib, ulardan 25 tasi ishga taklif qilinib, ish bilan ta’minlandi. Yana 1.2 ming nafar qizlar TumarisTechda web design, dasturlash hamda SMM bo’yicha tahsil olishdi.
Undan tashqari mamlakatda maxsus IT ga ixtisoslashgan inklyuziv ta’lim tashkilotlari ham mavjud. 2022 – yilda 215 nafar maktab yoshidagi qizlar uchun grafik dizayn va veb texnologiyalar bo’yicha o’qish tashkil etilgan bo’lib, ulardan 60 nafari nogironligi mavjud qizlardan iborat edi.
GAP loyihasi doirasida biz oflayn formatda ishtirokchilar orasida networkingni rivojlantirish mqasadida uchrashuvlar tashkil etamiz. Axir networking – yangi foydali tanishuvlarni yaratish va rivojlantirish bo’lib, unda har bir odam o’zi uchun yangi imkoniyatlar ochishi mumkin.
«Biz qatnashchilarga hech qanday talablar, xususan yosh talablarini ham qo’ymaymiz. Agarda uchrashuvga tashrif buyurib, mentorlarni tinglash istagi bo’lsa-marhamat»,deydi GAP rahbari.
Klub uchrashuvlarida IT sohasida karyera qilgan muvaffaqiyatli ayollar haqida gapiriladi. O’z navbatida chiqishlarda spikerlar urg’uni omma orasida o’z professional yo’lini boshlamoqchi bo’lganlar uchun maslahatlarga qo’yishadi.
«Ko’pchilik ayollar, IT haqida so’z ketganda qiyin matematik formulalarni ko’z oldilariga keltirib, qo’limdan kelmaydi degan qarorga kelishadi. Bizning mentorlar esa bu sohada faoliyat olib borish – doim ham dasturlashni talab qilmasligi haqida tushunchani yetkazishga harakat qilishadi»,- deb qo’shimcha qiladi Kamola Sobirova.
Bir vaqtning o’zida chiqish qilayotgan spikerlardan yosh IT mutaxassislari duch kelishi mumkin bo’lgan to’siqlar haqida gapirib berishlarini so’rashadi: «Bunday samimiylik esa doim ishonch uyg’otadi».
Klubning kunduzgi uchrashuvlardan tashqari vazifasi – mamlakatda amalda bo’lgan ta’lim metodlari haqida amaliy axborotlarni hamda ayol mutaxassislarni qo’llab –quvvatlash tartiblarini tarqatishdir.
Boshida GAP o’z tadbirlarini Toshkent shahrida o’tkazar edi. Biroq ma’lum muddatdan so’ng O’zbekistonning boshqa viloyatlariga ham chiqish lozimligi ayon bo’ldi. Gender tenglik masalasi u yerda poytaxtdagidan yomonroq ahvolda, lekin bu bilan faollik uchun talab kamayib qolmaydi.
GAP IT-klubi keyingi uchrashuvni Jizzax viloyatida uyushtirishni rejalashtirmoqda. Klub rahbarining so’zlariga ko’ra bu shaharda bir nechta muvaffaqiyatga erishgan rol modellari bor.
GAP IT-klubi har oy onlayn vebinarlarni o’tkazadi, unda murabbiylar va IT mutaxassislari muvaffaqiyat sirlari bilan o’rtoqlashadigan ma’ruzachilar sifatida taklif etiladi. Vazirlikning yana bir yirik loyihasi – Youth in it, uning doirasida O’zbekistonning yosh it-mutaxassislari o’z tengdoshlarini rag’batlantirish maqsadida videoroliklar yaratishadi.
Bunday tashabbuslarning mamlakatdagi ayollar harakatiga ta’siri haqida gapirar ekan, Kursiv suhbatdoshi dasturlari uchun murabbiylar hali yetarli emasligidan afsusda ekanligini bildirdi.
«Yuqori maosh va tan olinish yaxshi, lekin bundan tashqari, o’z tajribasini boshqa qizlar bilan baham ko’rish, ularga yordam berish yanada yaxshi. Afsuski, bizda ayollar hali bu fikrga yetib kelishmadi. Opa-singillik tushunchasi hali rivojlanmagan», deydi Kamola Sobirova.
GAP rahbarining so’zlariga ko’ra, ayollarning o’zaro yordami amaliyotini kengroq yoritish vaziyatni to’g’irlashi mumkin. «Ayolga ayol kerak», – deya qo’shimcha qildi Sobirova.
Uning so’zlariga ko’ra, O’zbekistonda ko’plab iste’dodli qizlar yashaydi. Ular esa mamlakatimizning IT-sanoatini rivojlantirishga yordam berishga qodir. Potensialni amalga oshirish imkoniyatini ularga berish kerak.