O‘zbekistonda qor yog‘ishi kutilmoqda

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri

Yakshanba kuni

O‘zgidrometning xabar berishicha, O‘zbekistonda 16-aprel (yakshanba) kuni tog‘li va tog‘oldi hududlarida qor yog‘ishi kutilmoqda.

Respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo Toshkent viloyatining ayrim tumanlari va Farg‘ona vodiysi tumanlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq, shimoliy hududlarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Avvalroq OAV Saudiya Arabistonining janubi-g‘arbidagi bir qancha hududlarda ham qor yog‘gani, yog‘ingarchilikning katta qismi Al-Baha va Al-Namas provinsiyalariga to‘g‘ri kelgani haqida xabar bergan edi.

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli aholi punktlarida ko‘plab yo‘llar yopilgan. Mahalliy hokimiyat barcha ta’lim muassasalarida darslarni bekor qildi.

Eslatib oʻtamiz, qishki sovuq va gaz tanqisligi Oʻzbekistonda pomidor narxining oshishiga sabab boʻlgan edi. Mart oyida ular 1,5 barobar oshdi

Shuningdek