Italiyada Toshkent arxitekturasiga bag’ishlangan ko’rgazma bo’lib o’tadi

eʼlon qilindi

17 dan 23 aprelgacha

Italiyaning Milan Triyennale dizayn va san’at muzeyida Toshkentning modernistik arxitekturasiga bag‘ishlangan «Tashkent Modernism. Index» ko’rgazmasini qabul qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ma’lum qildi.

Ko‘rgazmada Toshkent shahridagi me’moriy yodgorliklarning fotosuratlari, ularni tadqiq etish va saqlash strategiyasiga oid arxiv hujjatlari namoyish etiladi.

Jamg‘armaning qayd etishicha, Italiyadagi ko‘rgazma “Tashkent Modernism. Index «ning ilk ommaviy namoyishi bo’ladi. Uni tayyorlashda arxitektura, tarix va madaniyat sohasidagi xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

“Tashkent Modernism. Index» 23 aprelga qadar davom etadi.

Shuningdek