Saudi Aramconing 78 milliard dollarlik aktsiyalari Saudiya Arabistoni davlat fondiga o‘tkazildi

eʼlon qilindi

Buni mamlakatning valiahd shahzodasi amalga oshirdi

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud Saudi Aramco neft kompaniyasining 4 foiz ulushini mamlakat suveren jamg‘armasiga o‘tkazdi. Gap taxminan 78 milliard dollarlik qimmatli qog’ozlar haqida ketmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal yozgan.

Investitsiya qilingan mablag‘lar faoliyati neft eksporti bilan bog‘liq bo‘lmagan kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Jamg‘arma tomonidan mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar ham amalga oshiriladi.

Saudi Aramco o‘z aktsiyalarining bir qismini fondga o‘tkazish kompaniya faoliyatiga, jumladan dividendlarni taqsimlash rejalarini amalga oshirishga ta’sir qilmasligini aytdi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Saudi Aramco aksiyalarini suveren fondga o‘tkazib bo‘lgandi. 2022 yil fevral oyida u qimmatli qog’ozlarning bir xil ulushini – 4 foizni o’tkazdi.

Saudiya Arabistoni Suveren Jamg’armasi dunyodagi eng yirik jamg’armalardan biridir. Uning umumiy aktivlari 607 milliard dollarni tashkil etadi.Tashkilot Saudiya Arabistoni hukumati nomidan sarmoya kiritish uchun tashkil etilgan.

Saudi Aramco Saudiya Arabistonining milliy neft kompaniyasidir. Jahon neft zahiralarining 12%, ishlab chiqarishning 10% va eksportning 14% ni tashkil qiladi. Mamlakat budjetiga 80% gacha daromad keltiradi.

Shuningdek