Xitoy Xalq banki bazaviy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi

eʼlon qilindi

Ketma-ket sakkizinchi oy uchun 3,65%

Xitoy Xalq banki (XXB) sakkizinchi oy davomida asosiy kredit stavkasini (LPR) 3,65 foiz darajasida saqlab qoldi, xabar beradi «Interfaks».

Besh yillik kreditlar bo’yicha stavka ham o’zgarishsiz qoldi – yillik 4,3%.

«Interfaks»ning qayd etishicha, regulyator tomonidan bu qadam kutilgan edi. O’tgan haftada Milliy bank o’rta muddatli kreditlash dasturi (MLF) doirasidagi kreditlar bo’yicha stavkani 2,75% darajasida saqlab qoldi.

MLF Xitoy regulyatori tomonidan mamlakat tijorat banklarining likvidligini ta’minlash uchun foydalaniladigan muhim kreditlash vositasidir.

2023 yil mart oyi boshida XXB rahbari I Gan Xitoy iqtisodiyoti koronavirusdan kutilganidan tezroq o’nglanganini aytdi. Uning qoʻshimcha qilishicha, joriy yilda davlatning pul-kredit siyosati barqaror boʻladi.

Shuningdek