Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 42 milliard dollardan oshdi

eʼlon qilindi

Yillik 15% o’sish bilan

Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov 2022-yilda Rossiya Federatsiyasining Markaziy Osiyo davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 42 milliard dollardan oshganini ma’lum qildi, bu 2021-yilga nisbatan 15 foizga ko‘pdir, deb xabar bermoqda «TASS» axborot agentligi.

– Bu borada Markaziy Osiyo yetakchi o‘rinni egallaydi. Raqamlar bilan misol keltirishim mumkin: o‘tgan yili 2021 yilga nisbatan o‘sish + 15 foiz, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash – biz allaqachon 42 milliard dollardan oshdik”, — dedi Rossiya sanoat va savdo vazirligi rahbari Toshkentdagi «Innoprom» ko’rgazmasida.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili Rossiya Oʻzbekistonning asosiy savdo sherigiga aylandi. Ikki davlat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi yillik oʻsish 22,7 foizni tashkil qilib, 9,2 milliard dollarni tashkil etdi. Eksport 3 milliard dollar, import esa 6,2 milliard dollarni tashkil etdi.

2022-yilda Rossiya biznesi ham O‘zbekiston iqtisodiyotiga faol sarmoya kiritdi. Barcha xorijiy investitsiyalarning 20,3% ruslar hissasiga to’g’ri keldi.

Shuningdek