Deripaska kompaniyasi O‘zbekistonda avtodisklar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqmoqda

eʼlon qilindi

Ammo hali yakuniy qaror yo’q

Rossiyaning Rusal kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobil disklari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini o‘rganmoqda, xabar berdi TASS axborot agentligi.

«O‘zbekiston jadal rivojlanmoqda va mamlakatimiz avtomobil bozori jiddiy istiqbolga ega. Ayni paytda Rusal haqiqatan ham O‘zbekistonda disklar ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, hozircha yakuniy qaror yo‘q», — deya izoh berdi kompaniya.

Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligining metallurgiya va materiallar departamenti direktori Vladislav Vasilev zavod qurilishi loyihasi ustida ishlayotgan ishchi guruhlar allaqachon tuzilganini ma’lum qilgandi.

Rusal 2000 yilda Oleg Deripaskaning Sibir alyuminiyi va Roman Abramovichning Millhouse Capital kompaniyasining birlashishi natijasida yaratilgan. Kombinatsiyalangan korxona birlamchi alyuminiy va alyuminiy oksidi ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning 10 martidan AQSh hukumati Rossiya alyuminiyiga va undan tayyorlangan mahsulotlarga, 10-apreldan esa Rossiya Federatsiyasidan alyuminiy bo‘lgan mahsulotlarga 200 foizlik boj joriy etgan edi.

Shuningdek