Rossiya va O‘zbekiston markalash kodlarini o‘zaro tan olishga tayyorlanmoqda

eʼlon qilindi

Birinchi bosqichda bu dorilar bo’ladi

Ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish markazi (CRPT) direktorlar kengashi raisi Mixail Dubin TASS agentligiga bergan intervyusida Rossiya va O‘zbekistonning markalash kodlari o‘zaro tan olinishini kutishini aytdi.

«Shuningdek, hukumat ikki davlatning markalash kodlarini oʻzaro tan olish boʻyicha kelishib olishini kutamiz. Buni farmatsevtikadan boshlash kerak, bu ikki davlat oʻrtasida tovarlarni ikki milliy tizimda qayta markalanmasdan tashish imkonini beradi», dedi u.

Dubinning taʼkidlashicha, Oʻzbekiston mahalliy vinolar uchun barcha qogʻoz aksiz markalarini bekor qilib, elektron markalarga oʻtgan. Shuningdek, mahsulotlar ro’yxatini kengaytirish kutilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu O‘zbekistondagi alkogol ishlab chiqaruvchilar uchun qariyb 20 milliard so‘m, tamaki mahsulotlari uchun qariyb 11 milliard so‘mni tejash imkonini beradi.

CPRT rahbari 2023-yilda O‘zbekistonda tamaki mahsulotlariga aksiz solig‘i yig‘ilishi 2020-yilga nisbatan 20 foizga oshishini bashorat qilmoqda. Mamlakatda alkogol mahsulotlarini qonuniy ishlab chiqaruvchilar soni 27 foizga, import qiluvchilar esa 9 foizga oshgan.

Mahalliy CRPT Turon kompaniyasi O‘zbekistonda soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda tovarlarni markalash bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda kompaniya besh turdagi tovarlar – sigaretalar, dori-darmonlar, alkogol, pivo va maishiy texnika markalari bilan ishlaydi.

2023 yildan 2024 yilgacha O‘zbekistonda suv va alkogolsiz ichimliklarni markalash bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Shuningdek