Saida Mirziyoyeva: So‘z erkinligi va ayollar huquqlari ustuvorligicha qolmoqda

eʼlon qilindi

O‘zbekiston hukumati bu boradagi xalqaro majburiyatlarni bajarish niyatida

O‘zbekiston YeXHT missiyasining fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalariga qo‘shiladi, dedi prezident ma’muriyatining kommunikatsiyalar va axborot siyosati sektori mudiri Saida Mirziyoyeva.

Bir kun avval Mirziyoyeva Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy referendumni kuzatuvchi missiyasi vakillari bilan uchrashdi.

Mirziyoyeva oʻzining Telegram-kanalida uchrashuv samarali oʻtgani va missiya tavsiyalari bilan kelishilganini yozdi.

«O‘zbekistonning so‘z erkinligi va xotin-qizlar huquqlarini mustahkamlashga sodiqligi ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. Va biz bu yo‘nalishda ishlashda davom etamiz», — deb yozadi u.

Mirziyoyeva, shuningdek, O‘zbekiston jamiyati murakkab o‘zgarishlar jarayonini boshidan kechirayotganini ta’kidladi. Bunday sharoitlarda davlat fuqaroga ta’minlashi shart bo’lgan asosiy shartlar so’z erkinligi va boshqalar bilan teng huquqlardir.

Shuningdek