IBM minglab ishchilar o’rniga sun’iy intellektni “ishlatmoqchi”

eʼlon qilindi

Gap mijozlar bilan muloqot qilmaydigan xodimlar haqida bormoqda.

Amerikaning kompyuter uskunalari ishlab chiqaruvchisi IBM kompaniyasi xodimlarni yollashni to’xtatmoqchi. Kompaniya ularni sun’iy intellektga (AI) almashtirmoqchi, yozadi Reuters IBM bosh direktori Arvind Krishnaga tayanib.

Kompaniya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yaqin yillarda IBM 7,8 mingta o‘rinni sun’iy intellektga almashtirishni rejalashtirmoqda. Gap mijozlar bilan ishlamaydigan xodimlar haqida bormoqda.

IBM – Amerika ishlab chiqaruvchisi va apparat, dasturiy ta’minot, IT xizmatlari va konsalting xizmatlarini yetkazib beruvchi. 2022 yil holatiga ko’ra, kompaniyada 288 mingga yaqin xodim ishlaydi.

Shuningdek