Yil oxirigacha O‘zbekistonda Yevroosiyo banki ochilishi mumkin

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari

Bank O‘zbekistonda 180 kun ichida o‘z faoliyatini boshlaydi

Qozog‘iston Yevroosiyo banki O‘zbekistonda sho‘’ba korxonasini ochish uchun dastlabki ruxsat oldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov 4 may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida «Kursiv» bergan savolga javob qildi.

Avvalroq Yevroosiyo banki boshqaruvi raisi Lyazzat Satiyeva «Kursiv»ga bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga 2022-yil dekabr oyi oxirida sho‘’ba korxonasini ochish uchun dastlabki ruxsatnoma olish uchun murojaat qilganini ma’lum qilgandi.

– Ha, Yevroosiyo bankidan shunday murojaat bo‘ldi, ijobiy xulosa berib, sho‘’ba bank ochishga ruxsat berdik, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi.

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari Nodirbek Saydullayevning qoʻshimcha qilishicha, bank Oʻzbekistonda 180 kun ichida, yaʼni katta ehtimol bilan 2023-yil oxirigacha ishlay boshlaydi.

Yevroosiyo banki boshqaruvi raisi O‘zbekistondagi rejalar haqida quyidagicha gapirdi:

«Biz O‘zbekistonda chakana kreditlash segmentida mijozlarning eng yaxshi tajribasi va mahsulotlari uchun faol raqobat kuchayib borayotganini ko‘ramiz, bu esa mamlakat iqtisodiyotining har tomonlama faol rivojlanishi, iste’mol talabining o‘sishi bilan bog‘liq, shuning uchun biz O‘zbekistonda raqamli chakana bank mahsulotlarini rivojlantirishda faol ishtirok etishni maqsad qilganmiz».

Shuningdek