Bali sayyohlar uchun kvotalar joriy qilishi mumkin

eʼlon qilindi

Bunga xorijdan kelgan mehmonlarning yomon xulq-atvori sabab bo’ldi

Bali oroli (Indoneziya) gubernatori Vayan Koster xorijlik sayyohlar uchun kvotalar joriy etishga tayyorligini ma’lum qildi, yozadi «TASS» detik portaliga tayanib.

«Biz endi ommaviy turizmni olqishlamaymiz. Biz kvota tizimini joriy qilish orqali [sayyohlar sonini] cheklaymiz», dedi Koster.

Cheklov mavjud boʻlsa, kelasi yili orolda dam olish uchun sayyohlar bu yil roʻyxatdan oʻtish uchun ariza topshirishlari kerak, deya qoʻshimcha qildi gubernator.

Koster bu qarorining sababini xorijdan, asosan, Rossiyadan kelgan mehmonlarning yomon xulq-atvori deb atagan.

Bungacha Bali gubernatori Indoneziya Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligidan Rossiya Federatsiyasi va Ukraina fuqarolariga viza berishni butunlay to‘xtatishni so‘ragan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularga mahalliy aholidan shikoyatlar kelib tushgan.

Shuningdek