O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 230 million dollarga kamaydi

eʼlon qilindi

Bu haqda mamlakat Markaziy banki xabar berdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1-may holatiga ko‘ra 35,2 milliard dollarni tashkil etdi. Aprel oyiga nisbatan aktivlar 230 million dollarga kamaydi.

Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, xorijiy valyuta hajmi 181,4 million dollarga kamayib, 9,9 milliard dollarni tashkil etgan.

Oltin zaxiralari 50 million dollarga qisqarib, 24,4 milliard dollarni tashkil etdi.Og’irlikda esa qimmatbaho metallar miqdori 12,3 milliondan 12,2 million troya untsiyasiga kamaydi.

Shuningdek