Xorijiy IT-kompaniyalardan O‘zbekiston byudjetiga ajratmalar deyarli ikki baravarga oshdi

eʼlon qilindi

Eng ko’p Meta to’ladi

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy IT-kompaniyalar yanvar-aprel oylarida mamlakat byudjetiga 32,4 milliard so‘m soliq o‘tkazdi. Bu oʻtgan yilga nisbatan 1,6 barobar koʻpdir, xabar qildi Soliq qoʻmitasi.

Amerikaning Meta kompaniyasi eng koʻp soliq toʻlagan — 12,1 milliard soʻm. U Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlari va WhatsApp messenjeriga egalik qiladi.

Google ikkinchi oʻrinda – 9,3 milliard soʻm. Birinchi uchlikni Apple yopdi – 6 milliard so’m.

2020-yildan boshlab elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy firmalar O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lashi shart.

Shuningdek