Turkmaniston Afg‘onistonga 125 tonna gumanitar yordam jo‘natadi

eʼlon qilindi

Bu haqdagi buyruq Serdar Berdimuhamedov tomonidan imzolangan

11 may kuni Turkmaniston Afg‘oniston xalqiga 125 tonna gumanitar yordam jo‘natdi, xabar qildi Turkmaniston TIV matbuot xizmati. Unga dori-darmonlar, oziq-ovqat va to’qimachilik mahsulotlari kiradi.

Bundan tashqari, Turkmaniston Sog‘liqni saqlash va tibbiyot sanoati vazirligining bir guruh shifokorlari 15 may kuni Hirot viloyatining Turg‘undi qishlog‘iga jo‘natiladi.

Eslatib o‘tamiz, may oyi boshida Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov qo‘shni davlatga insonparvarlik yordami va tibbiyot xodimlarini jo‘natish haqidagi farmonni imzolagan edi.

Berdimuhamedov Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligini yuklarni jo‘natish va o‘tkazish uchun mas’ul etib tayinladi.

Shuningdek