Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida birinchi o‘rinni egalladi

eʼlon qilindi

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi oltin medallar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Mamlakatimiz bokschilari beshta eng yuqori darajadagi medalni qo‘lga kiritdi, xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Ikkinchi o’rinda Qozog’iston terma jamoasi – to’rtta oltin medal, uchinchi o’rinda Rossiya – ikkita oltin medal.

Eslatib o’tamiz, 1-14 may kunlari Toshkentda boks bo’yicha erkaklar o’rtasida jahon chempionati bo’lib o’tdi. Unda 104 davlatdan sportchilar ishtirok etdi.

O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tgan boks turnirining mukofot jamg‘armasi 5 million dollarni tashkil etib, oltin medal sohiblariga 200 ming, kumushga 100 ming, bronza medaliga sazovor bo‘lganlarga 50 ming AQSh dollari topshirildi.

Shuningdek