Tailand muxolifati saylovlarda harbiy partiyalarni tor-mor qildi

eʼlon qilindi

Ovoz berish yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi

Tailanddagi saylovlarda muxolifat partiyalari g‘alaba qozondi. Harbiy aloqada bo‘lgan kuchlar endi parlamentda ozchilikka ega bo‘ladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Ovozlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni «Oldinga harakat» liberal partiyasi egallab, unga yosh saylovchilar ovoz berdi. Ikkinchi o‘rinda muxolifatdagi «Tailandliklar uchun» partiyasi.

Oldinga harakati yetakchisi Pita Limcharoyenrat saylov natijalarini shov-shuvli deb atadi. U «Tailandliklar uchun» partiyasi bilan ittifoq tuzishga tayyorligini ma’lum qildi, biroq uning o‘zi ham bosh vazir lavozimini ko‘zlagan edi.

Reuters agentligining hisob-kitoblariga ko‘ra, ikki muxolif partiya Tailandning harbiylarga aloqador siyosiy kuchlariga qaraganda uch barobar ko‘p parlament o‘rinlarini qo‘lga kiritadi.

Yakshanba kuni Tailandda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Ularda 70 ta partiyadan 6,6 mingga yaqin nomzod ishtirok etdi.

Shuningdek