O‘zbekistonda Mastercard vakolatxonasi ochiladi

eʼlon qilindi

Va YeTTB bilan hamkorlikni mustahkamlaydi

16-18 may kunlari Samarqandda boʻlib oʻtayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) konferensiyasida Mastercard xalqaro toʻlov tizimi Oʻzbekistonda oʻzining birinchi rasmiy vakolatxonasi ochilgani haqida maʼlum qildi, xabar bermoqda «Kursiv» muxbiri.

«Rasmiy vakolatxonaning ochilishi bizga ehtiyojlarni joylarda yaxshiroq tushunish imkonini beradi va biz eng ilg‘or raqamli texnologiya yechimlarini taklif qilish uchun yanada ko‘proq harakat qilamiz. Ishonchim komilki, endi barchamiz manfaati uchun biz kelgusi yillarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha umumiy maqsadlarimizga erishish uchun yanada faolroq va samaraliroq boʻlamiz», dedi Mastercard kompaniyasining Yevropadagi, Yaqin Sharq va Afrika (EEMEA)prezidenti Dimi Dosis..

Bundan tashqari, Mastercard Inklyuziv rivojlanish markazi va YeTTB Markaziy Osiyoda hamkorlikni yanada kengaytirish va kichik biznes, ayniqsa, O‘zbekiston va Qozog‘iston ayollari uchun raqamli imkoniyatlarni oshirish bo‘yicha memorandum imzoladi.

Shuningdek