AQShda asli o‘zbekistonlik sakkiz umrlik qamoq jazosiga hukm qilindi

eʼlon qilindi

U 2017 yilda Nyu-Yorkdagi portlashni amalga oshirgan.

2017-yilda Nyu-York markazida terakt uyushtirgan o‘zbekistonlik 34 yoshli Sayfullo Soipov sakkiz marta umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar bermoqda AQSh Adliya vazirligi.

Ayblanuvchi sakkizta qotillik (hujum qurbonlari soni bo‘yicha), 12 ta qotillikka urinish (jabrlanganlar soni bo‘yicha) va IShID terrorchilik guruhiga yordam berishda ayblangan.

Ayblanuvchi hujumni «Islom davlati» terrorchilik guruhi mafkurasi ta’sirida sodir etganini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u yuk mashinasini ijaraga olgan va uni haydash uchun bir hafta mashq qilgan.

Eslatib o’tamiz, hujum 2017 yilning 31 oktyabr kuni soat 15:15 da sodir bo’lgan. Soipov yuk mashinasini Manxettendagi velosiped yo‘liga haydab, maktab avtobusiga borib urilgan va velosipedchilar bilan to‘qnashib ketgan. Terakt sifatida baholangan qasddan uyushtirilgan hujum qurbonlari sakkiz kishi bo’ldi, 12 kishi yaralandi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 2010-yilda Soipov grin karta yutib, AQShga jo‘nab ketgani haqida xabar berdi.

Shuningdek