Faxriy “Palma yaprog’i”ga kim egalik qildi

eʼlon qilindi

76-Kann kinofestivali

Amerikalik aktyor Xarrison Ford 76-Kann kinofestivalida faxriy mukofotni qo’lga kiritdi.

«Men bu mukofotdan qattiq ta’sirlandim», dedi Ford «Palma yaprog’i»ni topshirish marosimida. Marosim 80 yoshli aktyor bosh rolni ijro etgan Indiana Jonsning sarguzashtlari haqidagi yangi film premyerasi oldidan bo‘lib o‘tdi.

Ford xuddi shu nomdagi filmda Indiana Jons, «Yulduzlar jangi» serialidagi Xan Solo, «Blade Runner» dilogiyasida Rik Dikar rollarini ijro etgani bilan tanilgan. Hammasi bo’lib, aktyor olti o’nga yaqin filmlarda rol o’ynagan. U «Oltin globus» va «Sezar» mukofotlari sovrindori, «Oskar»ga nomzod.

Kann kinofestivali bir kun avval Fransiyada ochildi. Bu yilgi hakamlar hay’atiga shved rejissyori Ruben Estlund raislik qildi. U ikki marta «Oltin palma yaprog’i”ga – «Kvadrat» va «G’am uchburchagi» filmlari uchun sazovor bo’lgan.

Shuningdek