FIFA Jahon chempionati logotipini taqdim etdi

eʼlon qilindi

Turnir uch mamlakatda o’tkaziladi

FIFA AQSh, Kanada va Meksikada bo’lib o’tadigan 2026 yilgi futbol bo’yicha jahon chempionati logotipini taqdim etdi.

Bo’lajak sport tadbirining ramzi Los-Anjelesdagi rasmiy tadbirda namoyish etildi. Logotipda birinchi marta musobaqa kubogi mavjud.

FIFA yaqin vaqt ichida o‘yinlar o‘tkaziladigan AQSH, Kanada va Meksikaning 16 ta shahrining logotipi taqdim etilishini ma’lum qildi.

Turnirda har birida to‘rttadan 12 ta guruhga bo‘lingan 48 ta jamoa ishtirok etadi.

AQSH oxirgi marta 1994 yilda, Meksika 1986 yilda jahon chempionatiga mezbonlik qilgan. Kanada birinchi marta jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Shuningdek