Pekin metrosida yo’l haqini kaft izi bilan to’lash mumkin

eʼlon qilindi

Yo’l haqi puli metrodan chiqqandan keyin avtomatik tarzda yechib olinadi

Pekinda metro liniyalaridan birida kaft izi yordamida yo’l haqi uchun to‘lashni sinovdan o‘tkazishni yo‘lga qo‘yildi, yozadi «Sinxua».

Endi turniketlardan o‘tish uchun yo‘lovchilarga kaftini ko‘rsatish kifoya, biometrik chiziqlar esa kontaktsiz tanib olinadi. Bekatdagi chipta mashinasi orqali kaft ma’lumotlari kiritilganidan va WeChat messenjerida avtorizatsiya qilinganidan so‘ng yangi to‘lov tizimidan foydalanish mumkin.

Metrodan chiqqandan keyin yo’l haqi avtomatik tarzda yechib olinadi. Yangi tizim fuqarolarga naqd pulni unutib qo‘ygan va smartfon batareyasi o‘chib qolgan taqdirda transportdan foydalanishda yordam beradi.

Shuningdek