Sayyohlar bilan kosmik kema XKSga uchirildi

eʼlon qilindi

Yo‘lovchilar orasida Saudiya Arabistonidan kelgan birinchi ayol ham bor

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) ikkinchi sayyohlik kemasini uchirdi. Bu haqda SpaceX kompaniyasi rasmiy saytida ma’lum qildi.

Sayyohlar Crew Dragon kemasida ketishdi. Ular sakkiz kunni XKS ekipaji bilan birga o‘tkazadilar.

Yo‘lovchilar orasida NASA sobiq astronavti Peggi Uitson, tadbirkor Jon Shofner, saudiyalik astronavtlar Rayan Barnavi va Ali al-Karni bor. Barnavi bu mamlakatdan kosmosga chiqqan birinchi ayol bo’ldi.

Parvoz Axiom tijorat dasturining bir qismidir. Birinchi missiya 2022 yil aprel oyida bo’lib o’tdi. Har bir ekipaj a’zosi sayohat uchun taxminan 55 million dollar to’lashi kerak edi.

Mask SpaceX kompaniyasiga 2002 yilda asos solgan. O‘shandan beri kompaniya Falcon 1, Falcon 9 va Falcon Heavy raketalarini, shuningdek Dragon kosmik kemasini ishlab chiqdi. Bundan tashqari, SpaceX Starlink yuqori tezlikdagi sun’iy yo’ldosh Internet dasturi bilan shug’ullanadi.

Shuningdek