Maktablardagi yangi o‘quv dasturi nimalarni o‘zgartiradi?

eʼlon qilindi

Prezident maktabgacha va maktab taʼlimini rivojlantirish chora-tadbirlarini muhokama qildi

O‘zbekistonda yangi o‘quv dasturi joriy etiladi, unga ko‘ra maktab o‘quvchilari birinchi sinfdan boshlab informatika fanini o‘rganishni boshlaydilar. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan taqdimotda ma’lum bo‘ldi.

Endilikda umumta’lim maktablarida majburiy fanlar soni 16 tadan 11 taga qisqartiriladi, ikkita ixtiyoriy fan qo‘shiladi.

Amaliy mashg‘ulotlar ulushi 40 foizdan 60 foizga oshiriladi. Mavzular muayyan masalani yechish misolida, amaliy darslar esa loyiha shaklida o‘tiladi.

O‘qituvchilar uchun attestatsiya tizimi yaratiladi. Ajam o’qituvchi ishga borishdan oldin bir yillik amaliyot o’tashi va sertifikat olishi kerak bo’ladi.

O‘qituvchilarning malaka imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda nomzodning tayanch fan bo‘yicha bilimi, ikkinchi bosqichda o‘qituvchilik mahorati baholanadi. Malaka sertifikati olgan pedagoglarga oylik ish haqining 70 foizigacha miqdorda nafaqa toʻlanishi mumkin.

2024-yil 1-iyundan boshlab bog‘cha tarbiyachilarining ish haqi maktab o‘qituvchilariga qo‘llaniladigan stavkalarga tenglashtiriladi.

Bundan buyon ixtisoslashtirilgan maktablar va bog‘chalar o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib, byudjetdan tashqari mablag‘larni o‘zlari boshqaradi.

Prezident, shuningdek, eng tajribali maktab rahbarlaridan iborat direktorlar kengashlarini tuzish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Ular mahalliy maktablar direktorlarini ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylaydi.

Shuningdek, vazirlikning tuman (shahar) bo‘limlarining maktablar faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash bo‘yicha vakolatlari tugatiladi. Xususiy maktablarni tashkil etishga qo‘yiladigan talablar yengillashtiriladi. Bolalar klublarini tashkil etishda xususiy sektor ishtirok etadi.

Shuningdek