O‘zbekiston va Germaniya mehnat muhojirlari hayotini osonlashtiradi

eʼlon qilindi

Ikki tomonlama shartnoma tayyorlanmoqda

O‘zbekiston va Germaniya migratsiya tartib-taomillarini osonlashtiradigan kelishuv ustida ishlamoqda, xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi Germaniyaning MiGAZIN nashriga tayanib.

Hujjat ta’lim va mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Qayd etilishicha, Berlin ham O‘zbekistondan yuqori malakali migrantlarni jalb etishdan manfaatdor.

Oʻzbekistonning Berlindagi elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi bir yil ichida 300 ga yaqin oʻzbekistonlik Germaniyada ish bilan taʼminlangan. MiGAZIN xabariga ko‘ra, kelajakda Germaniyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar soni sezilarli darajada oshadi.

Shuningdek