O‘zgidromet sel va suv toshqinlari xavfidan ogohlantirdi

eʼlon qilindi

Mamlakatning to‘qqizta viloyatida yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonning qator viloyatlarida 24-26 may kunlari kuchli yomg‘ir yog‘adi. Ular suv toshqinlari va sel oqimlariga olib kelishi mumkin, ogohlantirdi O‘zgidromet.

O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi hududlari, shuningdek, Qirg‘iziston va Tojikistonga tutash hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida sel va sel kelishi xavfi kutilmoqda.

Ushbu hududlarda yashovchilardan ehtiyot bo‘lishlari so’raladi.

Shuningdek