O‘zbekiston Afg‘onistondan 20 nafar temiryo‘lchini tayyorlaydi

eʼlon qilindi

«So‘g‘diyona-Trans» mutaxassislari ustozlik qiladi

Balx temir yoʻl boshqarmasining 20 nafar xodimi Oʻzbekistonga malaka oshirish uchun yuborildi, xabar qildi Afgʻoniston temir yoʻl boshqarmasi (ARA) matbuot xizmati.

Ular olti oy davomida O‘zbekistonning «So‘g‘diyona-Trans» kompaniyasi mutaxassislari tomonidan o‘qitiladi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» sho‘ba korxonasi Hayraton – Mozori Sharif temir yo‘l uchastkasini boshqaradi.

ARAning taʼkidlashicha, birinchi guruhning mashgʻulotlari yakunlangach, afgʻon temiryoʻlchilarining yangi partiyasi yuborilishi kutilmoqda.

Shuningdek