Toshkentda jihodchilar guruhi qo‘lga olindi

eʼlon qilindi

Ular «Katiba tavhid val-jihod» tashkilotiga a’zo bo‘lgan.

Toshkentda «Katiba Tavhid Val-Jihod» terrorchilik tashkilotining sakkiz nafar aʼzosi qoʻlga olindi, xabar qildi Toshkent shahar IIB matbuot xizmati.

Boshqarmaning qayd etishicha, guruh rahbarlarining ko‘rsatmasi bilan qo‘lga olinganlar aholi o‘rtasida radikal g‘oyalarni targ‘ib qilgan. Ular Suriyaga ketishni ham rejalashtirishgan.

«Katiba tavhid val-jihod» xalqaro terroristik tashkiloti «An-Nusra Levant xalqini mudofaa fronti» homiyligida faoliyat yuritadi. Ikkinchisi Al-Qoidaning Suriyadagi bo‘limi hisoblanadi.

BMT ma’lumotlariga ko’ra, Katiba tavhid val-jihod 500 ga yaqin jangarilarni o’z ichiga oladi.

Shuningdek