Qimmatli qog’ozlar to’g’risidagi qonunga o’zgartirish kiritiladi

eʼlon qilindi

Tuzatishlarni muhokama qilish 2023-yil 8-iyungacha davom etadi

O‘zbekistonda «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda. Hujjat loyihasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, qonun hujjatlari muhokamasi portalida e’lon qilindi.

Regulyator qonunning 44-moddasiga o‘zgartirish kiritishni taklif qilmoqda. Korxonalarni yillik hisobotlarida nafaqat buxgalteriya balansi va daromadlar to‘g‘risidagi hisobotni, balki pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotni ham e’lon qilish majburiyatini yuklash rejalashtirilgan.

Shuningdek, qonun loyihasida fond birjasi ro‘yxatiga kiritilmagan kompaniyalar uchun muhim faktlarni e’lon qilish talabini bekor qilish ko‘zda tutilgan. Yangi amaliyot hamma uchun ham joriy etilishi rejalashtirilmagan. Tijorat banklari, sug’urta kompaniyalari va davlat ulushi 50% va undan ortiq bo’lgan aktsiyadorlik jamiyatlari buni baribir bajarishlari kerak.

Loyihaning tushuntirish xatida yangi qoidalar kapital bozorini yanada rivojlantirish, aholi tomonidan qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalarni rag‘batlantirish va moliya bozorida sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida joriy etilayotgani ta’kidlangan. Qonun loyihasining muhokamasi 2023-yilning 8-iyuniga qadar davom etadi.

Shuningdek