O‘zbekiston mobil operatorlar uchun to‘lovlarni pasaytirmoqchi

eʼlon qilindi

Shuningdek, tele va radiokanallar uchun to‘lov ham pasaytiriladi.

O‘zbekistonda aloqa operatorlari va teleradiokanallar uchun davlat boji miqdorini kamaytirish rejalashtirilmoqda. Senatning fikricha, o‘zgarishlar tele va radiokanallarda efirga uzatiladigan media-mahsulotlar sifatini oshirishga yordam beradi.

Hujjat parlament yuqori palatasining navbatdagi yalpi majlisida ko‘rib chiqilishi kerak.

Hujjatga ko‘ra, uyali aloqa operatorlari uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatish uchun davlat boji miqdorini pasaytiradi.

Shuningdek, tele va radioeshittirish tarmoqlarini loyihalash va qurish, ulardan foydalanish va xizmatlar ko‘rsatish uchun davlat boji miqdori ikki barobarga qisqartiriladi.

Operatorlarga davlat bojini har chorakda teng ulushlarda to‘lash imkonini berish rejalashtirilgan. Endi to’lov keyingi litsenziya yili boshlanishidan 30 kun oldin amalga oshirilishi kerak.

Shuningdek