XIV asrda vayronaga aylangan Namozgoh masjidi yil oxirigacha qayta tiklanishi va’da qilingan

eʼlon qilindi

Masjid milliy moddiy-madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan

Qashqadaryo viloyatining Kasba tumanidagi Sulton Mir Haydar majmuasiga qarashli eskirgan «Namozgoh» masjidi yil oxirigacha tiklanadi, yozadi Madaniy meros agentligi matbuot xizmati.

«Namozgoh» masjidi milliy moddiy-madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan.

Avvalroq, tarmoqda foydalanuvchilar masjid vayrona holatda ekanligi, rasmiylar XIV asr yodgorligini saqlab qolish uchun hech qanday chora ko‘rmayotgani haqida yozishgan edi.

Agentlikning taʼkidlashicha, meʼmoriy yodgorlik 2023-yilga moʻljallangan restavratsiya rejasiga kiritilgan. Ayni paytda mutaxassislar dastlabki loyiha hujjati va restavratsiya qilish uchun ekspert xulosasi ustida ishlamoqda.

Shuningdek