Bloomberg Maskni dunyodagi eng boy odam deb topdi

eʼlon qilindi

Uning boyligi 192 milliard dollarga baholangan

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Bloomberg tomonidan dunyoning eng boy odami deb topildi. Hammasi bo’lib milliarderlar ro’yxatiga 500 kishi kiritilgan.

Maskning boyligi 192 milliard dollarga baholanmoqda.Nyu-York fond birjasidagi savdolar yakunida amerikalik milliarderning kapitali qariyb 2 milliard dollarga o‘sdi.

Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyalar guruhi prezidenti va bosh direktori Bernard Arno 187 milliard dollar boyligi bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Biroq u birjada 5,2 milliard dollar yo‘qotdi.

Kuchli uchlikni Amazon asoschisi Jeff Bezos 144 milliard dollar bilan yakunladi. Nyu-York fond birjasida amerikalik milliarder «atigi» 1 milliard dollar yo‘qotdi.

Shuningdek