Usmonov Bloombergning boy reytingida pasayishda davom etmoqda

eʼlon qilindi

Iyun oyi boshida uning boyligi 18,2 milliard dollarga baholangan.

Asli o‘zbek bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov dunyoning eng boy odamlari reytingida – Bloomberg Billionaires Index reytingida o‘z o‘rnini yo‘qotishda davom etmoqda.

Agar 2023-yilning 28-fevralida u 19,2 milliard dollar aktivlari bilan 84-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 1 iyunda uning boyligi 18,2 milliard dollarga baholangan (91-o‘rin).

Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, Usmonov Metalloinvest va MegaFon kabi yirik kompaniyalarni nazorat qiluvchi USM xoldingining 49 foiz ulushiga ega.

Bugun milliarder Toshkentda istiqomat qiladi. Italiyaning TGcom24 telekanaliga bergan intervyusida Usmonov O‘zbekistonga yordam berish maqsadida biznesni tark etganini aytdi.

“Shuning uchun, albatta, O‘zbekistonga yordam berish, yurtimga foydali bo‘lish uchun bor kuch va imkoniyatlarimni ishga solaman. Bu mening katta maqsadim, buning uchun men biznesni boshqarishni va hatto aktsiyador sifatida ko’plab loyihalarimda ishtirok etishni tark etdim «, dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Usmonov YeI sanksiyalariga 2022-yil fevral oyi oxirida Rossiya-Ukraina mojarosi boshlanganidan so‘ng tushgan edi. AQSh va Buyuk Britaniya uni o‘tgan yilning mart oyi boshida sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan edi.

Shuningdek