“Yangi Toshkent” qurilishi uchun qancha yer ajratiladi?
Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi
«Yangi Toshkent» shahrini qurish uchun Yuqori Chirchiq va Oʻrtachirchiq tumanlaridan 19,7 ming gektar yer maydoni ajratiladi, xabar qildi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Shundan 12,9 ming gektar qishloq xo‘jaligi, 6,2 ming gektar boshqa toifadagi yerlardir. Ulardan 772 kishi foydalanadi.
Ajratiladigan yer | Maydon |
Fermer va boshqa qishloq xo’jaligi tashkilotlari yerlari | 1.3 ming ga |
Yordamchi xo‘jaliklar va issiqxona yerlari | 2.3 ming ga |
Fermalar | 3.2 ming ga |
Boshqa yer foydalanuvchilari | 2.2 ming ga |
Shaxsiy tomorqalar yerlari | 3000 ming ga |
Mahalliy hokimiyat organlarining zahiradagi yerlari | 600 ming ga |
Kanallar va yo’llar uchun ajratilgan yerlar | 680 ming ga |
Joriy yilning mart oyi oʻrtalarida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda birinchi bosqichda 60 ming aholiga moʻljallangan koʻp qavatli uylar, 30 ta maktab, 20 ta bolalar bogʻchasi qurilishini maʼlum qilgan edi.
Maʼmuriy markaz poytaxt sharqidagi Chirchiq va Qorasuv daryolari oraligʻida joylashadi. Shuningdek, loyiha doirasida 100 ming avtomobilga moʻljallangan yer osti toʻxtash joyi, 14 ta zamonaviy tunnel va yettita koʻprik ham koʻzda tutilgan.